Janubiy kaspiy neft- Gazli provintsiya
Janubiy kaspiy neft- Gazli provintsiya — Ozarbayjon, Turkmanistonning g’arbi va Gruziyaning Sharqiy qismi hamda Kaspiy dengizining Janubiy sohilini egallagan. Janubiy kaspiy neft- Gazli provintsiya tog’ oralig’i botig’idan iborat bo’lib, Janubda Elburs va g’arbda Kopetdog’ tizmalariga tutashgan. Mayd. kariyb 200 ming km2. Turli darajada dislokatsiyalashgan, antiklinal strukturalar hosil qilgan yuqori pliosendan quyi bo’rgacha bo’lgan yotqiziqlardan tashkil topgan. Botiqning Janub qismi Kaspiy dengizining Janub sohilida — Eronning shimolida joylashgan bo’lib, shu yerdagi kaynozoy yotqiziklarining ko’p qismida neft-gaz belgilari mavjud. Neft, gaz va asfalt mahsulotlari Ozarbayjonda — namin, shakarli, Mirdkamir, Xarvanesi qishloqlari, Eronda — Serob shahri yaqinida, Gilon va Mozandaron ostonalarida, Go’rgon atrofida. Sanoat ahamiyatiga molik birinchi gaz koni Kaspiy dengizining Janubiy-Sharqiy sohilida topilgan. Gaz uyumi 2000 metr chuqurda joylashgan. Janubiy kaspiy neft- Gazli provintsiyada 80 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan. Asosiy neft konlari: Bolxon-Sabunchi-romanin, Neft Doshlari, Kyurovdog’, Qo’tirtepa, Qamishlija, Okaram va boshqalar.