Jasliq

Jasliq (Yoshlik) — Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot tumanidagi shaharcha (1975 yildan). Aholisi 4,1 ming kishi (2000), qoraqalpoq, o’zbek, qozoq, rus, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi. Temir yo’l stantsiyasi. Jasliqda “Tuley” gaz kompressor stansiyasi, Lokomotiv deposi, temir yo’lni ta’mirlash korxonasi mavjud. Jasliq orqali yo’lovchilar tashuvchi xalqaro poezdlar qatnaydi. Umumiy ta’lim maktabi, klub, madaniy sport majmuasi, kutubxona, kasalxona, dorixona, hammom, nonvoyxona bor. Jasliq yonida qadimgi ipak yo’li bo’yidagi “Belevli” karvonsaroyining qoldiqlari saqlangan.