Jatlar

Jatlar — milodning boshlarida Panjobning g’arbiy tumanlarida yashagan qabilalarning yirik guruhi. Keyinchalik ular shimoliy Hindistonga tarqalib ketib, panjobilarning etnik asosini tashkil qilganlar va sikhlar jamoasi tarkibiga kirganlar. Hindistonda Jatlarning ko’pchiligi Jatlar deb ataluvchi dehqonlar tabaqasiga aylangan. Dehli sultonligi va Boburiylar davlatida Jatlardan yollanma askar sifatida ham foydalanilgan. 17-asr oxirida Jatlar boburiylarga qarshi bir necha marta (1669, 1672, 1686-91) qo’zg’olon ko’targan. Masalan, 1669 yil Matxura viloyatida Gokla rahbarligida ko’tarilgan qo’zg’olon tarixda ayniqsa mashhur. Ularning shundan keyingi (18-asrdagi) qo’zg’olonlari natijasida mustaqil Jatlar sultonligi tuzildi. 1763 yil Boburiylar armiyasi zarbasidan so’ng sultonlik parchalanib ketib, undan faqat kichik Bxaratpur knyazligini saqlab qolgan. Hozirgi Jatlar (10 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) Hindiston Respublikasi shimolda va Pokistonda yashaydi.