“Jahon adabiyoti”
“Jahon adabiyoti” – adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik jurnal. Muassislari: O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi. Toshkent shahrida har oyda 1 marta chiqadi. “Jahon adabiyoti” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 27 Fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Unda jahon adabiyotidagi istiqlol mafkurasiga mos vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak g’oyalarni ulug’lovchi, turli millatlarning serqirra qayotini teran obrazlarda aks ettiruvchi badiiy barkamol asarlar o’zbek tilida chop qilinadi. Muharriri Ozod Sharafiddinov. Adadi 1500 ga yaqin (2002). “Jahon” axborot agentligi -O’zbekistan Respublikasi tashqi ishlar vazirligining axborot agentligi. 1995 yil 8 noyabrda tuzilgan. Asosiy vazifasi — xorijiy mamlakatlarni O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayoti to’g’risida o’z vaqtida, malakali xabardor qilish uchun milliy axborot agentliklari va xalqaro axborot markazlari bilan doimiy aloqani ta’minlash; respublika hayotiga oid axborot byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, bukletlar, gazeta va jurnallar nashr etish, kompyuter, foto hamda audio-vizual mahsulotlari tayyorlash va chet ellarda tarqatish; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, jahon bozori kon’yunkturasi, xalqaro tashkilotlar, O’zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo’lgan etakchi xorijiy kompaniyalar va firmalarning faoliyati to’g’risida axborot to’plash va uni respublikada ommalashtirishdan iborat. “Jahon adabiyoti” Rossiya, Belgiya, Xitoy, Misr, Turkiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, AQSh, Hindiston, Germaniya mamlakatlarida o’z xodimlariga ega. Ular elchixonalarda matbuot kotibi vazifasini bajarish bilan birga “Jahon adabiyoti”ning o’z muxbiri hisoblanadi. Barcha mintaqalarda “Jahon adabiyoti”ning hamkorlari bor. Ulardan olinayotgan xabarlar O’zbekiston matbuoti sahifalarida muntazam yoritiladi. “Jahon adabiyoti”ning tarkibiga tezkor axborot agentliklari va xalqaro axborot markazlari bilan aloqa, reklama va marketing, tarjima xizmatlari (bo’limlari) kiradi.