ANTIGENLAR

ANTIGENLAR — ma’lum sharoitda immun javob berish va maxsus antitelolar ishlanib chiqishi, yot hujayralarni emirib limfositlar hosil bo’lishi, immunologik holat eki tolerantlik shakllanishiga sabab bo’ladigan turli moddalar. Antigenlarning eng muhim xususiyati antigenlik va o’ziga xoslikdir. Xususiyatiga ko’ra Antigenlarning to’la va qisman, shuningdek eriydigan (oqsillar yoki ular komplekslarining boshqa moddalar bilan suvdagi eritmasi), korpuskulyar (bakteriyalar, hayvon hujayralari), kuchli va kuchsiz, tabiiy va sun’iy hamda getero-, izo-, autoantigenlar farq qilinadi. Antigenlarni o’rganish (ayniqsa to’qimalar mutanosibligini) a’zo va to’qimalarni ko’chirib o’tkazish, infektsion jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek o’smalarni aniqlash va davolashda juda muhim ahamiyatga ega.