ANTIMETABOLITLAR
ANTIMETABOLITLAR (anti… va Yunoncha metabole — o’zgarish) — tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’ladigan oraliq birikmalarning o’zlashtirilishini izdan chiqaradigan moddalar. Organizmga yot moddalardan hisoblanadi. Antimetabolitlar kimyoviy xossalari va tuzilishi bilan hayot uchun zarur moddalar (metabolitlar)ga yaqin turadi. Shuning uchun Antimetabolitlar metabolitlarning parchalanishi yoki sintezida ishtirok etadigan fermentlar bilan reaktsiyaga kirishib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Natijada fermentlar faoliyati to’xtab, biokimyoviy jarayonlar buziladi.