Uyg’ur tili

Uyg’ur tili, yangi uyg’ur tili — turkiy tillardan biri. Asosan, XXRning Sintszyan Uyg’ur muxtor rayonida, shuningdek, O’zbekistan, Qozog’iston, Qirg’iziston respublikalarida, Afgoniston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 7,7 million (jumladan XXR da 7,5 million) kishidan ortiq. “Uyg’ur”, “Uyg’ur tili” atamalari 1921 yilda yagona etnolingvistik jamoa uchun SE. Maloe tomonidan taklif etilgan (avvalgi nomlari: G’arbiy Xitoy tatar tili, Xitoy Musulmonlari tili, G’arbiy Xitoyning turkey laxjalari, Sharqiy Turkiston tili va boshqalar) Uyg’ur tili qadimgi Uyg’ur tilining davomchisi hisoblanmaydi. Uyg’ur tili 3 lahjaga bo’linadi: Markaziy (ili, Turfon, Qashqar, ko’mul, Urumchi, Karashar, ko’chor, qo’rlin Oqsu, Yorkand shevalaridan iborat) — hozirgi adabiy Uyg’ur tiliga asos bo’lgan; Sharqiy (Lobnor) va Janubiy (Xo’tan). O’rta Osiyo va Qozog’istonda yashovchi uyg’urlarning 2 lahjasi bo’lib, ularning nomlanishida (iliettisuv, qashqarfarg’ona) uyg’urlarning G’arbiy Xitoydan Yettisuv va Farg’onaga ko’chib o’tganliklari aks etgan. Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda Uyg’ur tilida unlilar va undoshlarning regressiv assimilyatsiyasi (bashbeshi (boshboshi), tagtaqqa] mavjud; singarmonizm izchil emas: unlilarning lab va tanglay garmoniyasi buzilish hollari uchraydi; unlilar reduktsiyasi (sinilsiqlim), undoshlarning tushib qolishi (odekordek, kesenchukelsan, chu), ba’zan o’zak va qo’shimcha o’rtasida tovush orttirilishi (Su—suyi (suv —suvi), toxu — toxurim (tovuq — tovug’im) kuzatiladi. Uyg’urlar 8-asrgacha qadimgi uyg’ur yozuvidan, Ііa. gacha Sug’d alifbosiga asoslangan yozuvdan, 11-asrdan e’tiboran Arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Sobiq SSSR qududida yashagai uyg’urlar 1930 yilgacha Arab, 1930-46 yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan; 1946 yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan unga uyg’ur fonemalarini ifodalovchi qo’shimcha harflar qo’shgan holda foydalanadilar. XXR dagi uyg’urlar hozirgacha Arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar (1960-65 yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuv ishlab chiqilib, 1965-80 yillarda har ikkala alifbo parallel qo’llangan, 1982 yildan yana Arab grafikasining o’zi qolgan).