ANTONIN DEVORI
ANTONIN DEVORI – Rim imperatori Antonin Piy (138 — 161) Britaniyada urush olib borib, Adrian devori shimoldagi yerlarni bosib olgandan keyin yangi chegara bo’ylab qurdirgan devor. Antonin devorining uzunligi 80 — 100 kilometr. Antonin devorining tashqi tomoni buylab harbiy yul o’tkazilgan, bu yo’llar chetiga chuqur xandaqlar qazilgan.