Uzoqov Ma’murjon
Uzoqov Ma’murjon (1904.20.4 Marg’ilon — 1963.12.6) — O’zbekiston xalq hofizi (1939). Mamatbuva Hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlar ta’sirida ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni, J. Sultonovdan katta ashulaning murakkab yo’llarini o’zlashtirgan. 1922 — 25 yillar Xudoybergan Hofiz Maqsumov, 1926-32 yillar Hasan qori, 1933— 62 yillar J. Sultonov bilan hamnafaslikda kuylagan. Dastlab xalq to’ysayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. Marg’ilon teatrida xonanda (1937-39), Muqimiy teatrida [Tohir, Jarchi (S. Abdulla; T. Jalilov, “Tohir va Zuhra”) rollarini o’ynagan] artist va xonanda (1939-50), O’zbekiston radioqo’mitasi (1950-52), O’zbek davlat estradasi (1952-62)da yakkaxon xonanda. Baland, shirador va o’ta ta’sirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, Yalla va katta ashulalar (“ul kun jonon”, “Nasihat”, “keldim”, “jonon kelur”, “Ko’zlaring”, “baet”, “parvo etib ket”, “Kalam qoshing”, “aylading”, “yolgiz”, “Ko’p erdi hasratim jono”, “Sayding qo’yaber, Sayyod”), bastakorlar asarlari (ayniqsa, M. Mirzayevning “yakka bu Farg’onada”, “Surating”, “Dog’man”, “Yor istab”, “Bahor”, “qachon bo’lg’ay, kim”, “Bir kelib ketsin” kabi), mumtoz ashulalar (“Feruz”, “Mustahzod”, “baet V”) o’rin olgan. Uzoqov Farg’ona xonandalik maktabi an’analarini davom ettirgan va o’zbek musiqa madaniyati tarixida chu kur iz qoldirgan. Ijrolari O’zbekiston radiosi jamg’armasiga, bir nechta gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. Vafotidan so’ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2000) bilan taqdirlangan. Marg’ilon ko’chalardan biri, bolalar musiqa maktabi hamda shahar madaniyat va istirohat bog’iga Uzoqov nomi berilgan. 1997 yildan Marg’ilonda J. Sultonov va M. Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi o’tkazilmoqda.