Unset (Undset) Sigrid

Unset (Undset) Sigrid (1882.20.5, Kalunborg, Daniya — 1949.10.6, Lille-Xammer, Norvegiya) — Norvegiya adibasi. Dastlabki asari — “baxtli devor” (1906, hikoyalar to’plami). “Vigalyot va Vigtis” (1909) romani tarixiy motivlarga taqlidan yozilgan. “Yenni” romani yosh ayolning o’zidan katta erkak va uning o’g’liga bo’lgan fojiali muhabbati haqida. Bu avtobiografik roman Unsetning muvaffaqiyatli chiqqan ilk asari hisoblanadi. 1912-20 yillarda Unset hikoyalar to’plami va “Bahor” romanini, “ko’zgudagi aks” qissalar to’plamini nashr ettirgan. Romanda nikohdagi kelishuvchilik zinodan ko’ra ko’proq baxtsizlik keltiradi, degan fikrni ilgari surgan. Tarixiy mavzudagi “Lavrans qizi Kristin” (“toj”, 1920; “Beka”, 1922; “Xoch”, 1922) trilogiyasida 14-asrda Norvegiyada kechgan voqealar aks etgan. Asarda boy yer egasining mag’rur va go’zal qizi o’ziga nomunosib odamga turmushga chiqqach, muhtojliklar va baxtsizliklarga duchor bo’lib, oxiri o’lat kasalligidan vafot etadi. Unsetning tarixiy mavzudagi “Eudun o’g’li Olaf” (1—4j., 1925 — 27) romani Olaf haqidagi Saga asosida yozilgan. Nobel mukofoti laureati (1928).