Lyumen
Lyumen (lotincha lumen — yorug’lik) — Xalqaro birliklar tizimisida yorug’lik oqimi birligi; lm bilan belgilanadi. 1 lm — yorug’lik kuchi 1 kandela bo’lganda 1 steradian fazoviy burchak ichidagi nuqtaviy yorug’lik manba tarqatadigan yorug’lik oqimi. 1lm=1 KD-lcp. Yoruglikning spektral tarkibiga qarab 1 lm yorug’lik oqimiga turlicha quvvat mos keladi. Masalan, 0,555 mkm uchun 1 lm = 0,00155 Vt.