Liazalar

Liazalar (Yunoncha Na — tarqatish, ajratish) — qo’shbog’ hosil qilish orqali muayyan guruhlarning substratdan nogidrolitik ajraladigan reaktsiyalarni yoki, aksincha, qo’shbog’ning uzilgan joyiga guruhlarni qo’shuvchi reaktsiyalarni katalizlaydigan fermentlar. Hayvonlar va o’simliklarning turli xil to’qimalari va mikroorganizmlarda bo’ladi. Hujayradagi moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Liazalar katalizlaydigan reaktsiyalar natijasida SO2, NH2, H2O va boshqa oddiy moddalar ajralib chiqadi. Uziladigan bog’larning xususiyatlariga binoan uglerod— uglerod— liazalar (S—S—liazalar), uglerod— kislorod—liazalar (S—o—l iazalar), uglerod—azot—liazalar (S—N—liazalar) va boshqa guruhlarga bo’linadi.