Navbahor

Navbahor — Farg’ona viloyati Furqat tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Temir yo’l stantsiyasi — Yaypan. Navbahordan Farg’onagacha 105 kilometr. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). So’x soyidan suv oladi. Navbahorda tuman tashkilot va idoralari, “ishonch” ip-yigiruv korxonasi, 2 umumiy ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Navbahor orqali Toshkent—Andijon temir yo’l va Xo’jand—Qo’qon avtomagistrali o’tgan.