Nagano

Nagano — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining Markaziy qismida, Tikuma daryosi vodiysida. Nagano prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 360,1 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jaligi (bog’dorchilik, gulchilik, sut chorvachiligi) rayonnining muhim savdo markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Universitet bor. Buddizmning (Dzenkodzi ibodatxonasi) qadimgi markazlaridan.