Najd

Najd — Saudiya Arabistonidagi viloyat. 5-6-asr o’rtalarida arablarning kinda qabilasi qo’l ostida bo’lgan. 7— 9-asrlarda Arab xalifaligi, keyinchalik Arabiston yarim orolida mavjud bo’lgan davlatlar tarkibida. 18-asrda vahhobiylar harakati markazi bo’lgan. Ular bu yerda Najd amirligini tuzganlar (18-asr oxiri -20- asr boshi, tanaffuslar bilan). Birinchi jahon urushidan so’ng Najd amirligi shimoliy va Markaziy Arabistonni birlashtirish kurashiga raxnamolik qilgan, natijada Hijoz, Najd va Birlashgan viloyatlar davlati (1932 yildan Saudiya Arabistoni) paydo bo’lgan.