Nanchan
Nanchan — Xitoyning Sharqiy qismidagi shahar, Gantszyan daryosi bo’yida. Szyansi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 4,1 million kishi (1998). Poyanxu ko’li sistemasidagi suv yo’llari tuguni. Yirik qishloq xo’jalik rayonining markazi. Asosiy sanoat tarmog’i — to’qimachilik (xususan, ip gazlama sanoati). Stanoklar, avtomobil va qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqarish korxonalari, tsellyuloza-qog’oz, farfor-keramika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor.