Oklend

Oklend — AQShning g’arbiy qismidagi shahar. Kaliforniya shtatida, San-Frantsisko qo’ltig’i sohilidagi port. Osma ko’prik va parom orqali San-Frantsisko shahri bilan bog’langan. Aholisi 400 ming kishi (2000). Oklend — transkontinental yo’llarning so’nggi punkti. Kemasozlik va kema ta’mirlash, elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, kimyo sanoati korxonalari, rasadxona, harbiy dengiz bazasi bor. Shaharga 1850 yilda asos solingan.