Ovatsiya

Ovatsiya (lotincha ovatio) — qadimgi Rimda kichik Triumf. Ovatsiyaga fakat magistratlargina sazovor bo’lishgan; g’olibni to’la Triumf bilan taqdirlash mumkin bo’lmagan chog’dagina Ovatsiya o’tkazilgan. U triumfdan kamroq tantanavorligi bilan farq qilgan: oddiy magistrat kiyimini kiygan sarkardalar, boshlariga lavr emas mirta yaproqlaridan qilingan tojni kiyib Rimga jang aravasida emas piyoda yoki ot mingan holda kirib kelishlari lozim bo’lgan. Qurbonlik chog’ida buqa emas, qo’y so’yilgan. “Ovatsiya” so’zi lotincha ovis — qo’ydan yoki ajablanish tuyg’usi — o! O!dan kelib chiqqan.