So’k

So’k — oqlangan tariq. Dehqonchilik bilan shug’ullanadigan aholi o’rtasida juda qadimdan tayyorlangan. Xonaki usulda So’k olish usuli: tariq katta qozonda bir qaynatib olinadi, yoyib quritiladi, qozonda qovuriladi. Qovurilgan tariq o’g’irda yanchib oqlanadi. So’kni sutga (6-8 soat) ivitib iste’mol qilish mumkin, undan talqon, so’k oshi tayyorlanadi. Hozirgi davrda yorma sanoati korxonalari oqlangan xom So’k (yorma) savdo do’konlarida sotiladi.