So’z o’yini
So’z o’yini — badiiy adabiyotda ayrim so’zlarning shakliy o’xshashligi asosida turli ma’noda qo’llanilishi. So’z o’yini xalq og’zaki ijodi va mumtoz she’riyatda ko’p uchraydi. Faqat So’z o’yiniga asoslanib yaratilgan janr tuyuq deb ataladi. Masalan, Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatni yod qilib ol, farzandim, Yolg’iz yurma chang chiqarmas yolg’iz ot. (Ergash Jumanbulbul o’g’li). Badiiy so’z san’atidan taeknis ham So’z o’yini asosida yaratiladi.