Lobbi, lobbizm
Lobbi, lobbizm (inglizcha Lobby — kluarlar, xos xonalar) — davlat idoralari, Qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni ob’yektiv zarurat taqozosi bilan emas, balki ma’lum bir manfaatlarni ko’zlab, ba’zan mansabdor shaxslarni sotib olish yo’li bilan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati. Lobbistlar hokimiyat vakillari qiyofasida o’z himoyasidagilarga katta foyda beradigan davlat buyurtmalari, kreditlar, yordamlar, imtiyozlar, litsenziyalar olishda, iqtisodiy va tijorat faoliyatida, yangi korxonalar ochish va uni ro’yxatdan o’tkazishda, raqobatchilarni sindirishda qulay sharoitlar yaratishda ko’maklashadi. Agrar Lobbi va sanoat Lobbiga bo’linadi.