Laksness

Laksness (Laxness; taxallusi, asl nomi — Gudonsson) Xaldour Kilyan (1902.23.4, Reykyavik) — Island yozuvchisi. Ilk romantik asari — “tabiat bolalari” (1919). “Salka valka” (1-2-jild, 1931-32) romani Islandiyadagi ishchilar hayotiga bag’ishlangan. “Mustaqil odamlar” (1 —2-jild, 1934-35) — island dehqonlari hayoti haqida. 4 kitobdan iborat “yorug’ dunyo” (1937-40) asarida dushmanlik kayfiyatidagi kishilar orasida qolgan qashshoq xalq shoirining takdiri tasvirlangan. “Islandiya qo’ng’iroqlari” (1943-46) tarixiy trilogiyasida, Island eposiga parodiya — “Qahramonlar haqida qissa” (1952) va “atom stantsiyasi” (1948) satirik romanida Island xalqining mustaqillik uchun kurash yo’li haqida hikoya qiladi. “Brexkukot qishlog’ining yilnomasi” (1957), “qaytarilgan jannat” (1960), “Xudoning sovg’asi” (1972) romanlari, “Tug’ilgan uy oldidagi o’tloqda” (1975), “Yosh edim men” (1976), “Yetti Donishmand xaqida hikoyat” (1978) biografik trilogiya, dramalar, esselar, hikoyalar to’plamlari muallifi. Laksness “Uydan ketib qoldim” (1963) nomli avtobiografiyasida kommunizmni tanqid qiladi. Nobel mukofoti laureati (1955).