Lametri (Lamettrie), Jyulen Ofre de
Lametri (Lamettrie), Jyulen Ofre de (1709.23.12, Sen-Malo, Frantsiya — 1751.11.11, Berlin) — frantsuz faylasufi, vrach. Frantsiyada va Gollandiyada o’zining materialistik-ateistik qarashlari uchun ta’qib qilingan. Buyuk Fridrix davrida Berlinda akademiya a’zoligiga saylangan. “Inson — mashina” (1748) asarida inson organizmi soat mexanizmiga o’xshash o’z-o’zidan harakatlanadigan mashina deb hisoblagan. Insonni bunday tushunishni etika masalalariga ham tatbiq etdi va shundan kelib chiqib umuman barcha dinlarni nokerak deb isbotlamoqchi bo’ldi.”Odam — o’simlik” asarida u materializmni faqat fiziologik nuqtai nazardan tushunishini namoyon qildi.