Lohutiy Abulqosim Ahmadzoda
Lohutiy Abulqosim Ahmadzoda (1887.4.12, Kirmonshoh, G’arbiy Eron — 1957.16.3, Moskva) — fors-tojik shoiri, yangi tojik she’riyatining asoschilaridan biri. 1905-11 yillardagi Eron inqilobining ishtirokchisi. “Bisotun” gazetasi (1916, Kirmonshoh shahri), “Fors” jurnali (1921, Istanbul shahri)ni nashr ettirgan. 1922 yil 2-Tabriz qo’zg’oloniga (“Lohutiyxon qo’zg’oloni”) rahbarlik qilgan. Bu qo’zg’olon bostirilgach, Erondan chiqib ketishga majbur bo’ladi. Avval Moskvada, so’ng Dushanba shahrida yashay boshlaydi. “Uch qatra” (1932), “farangiston safari” (1934) dostonlari, “Shevchenko vasiyatnomasiga javob” (1934), “Oqin Jambulga” (1937) va boshqa she’rlari xalqlar do’stligi mavzusida. 2-jahon urushi yillari yozilgan she’r va dostonlari fashizm ustidan g’alabaga ishonch ruhi bilan sug’orilgan. “Temirchi Kova” (1939) librettosi tojik adabiyotida bu janrda yozilgan ilk asardir. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan asarlarida tinchlik tarannum etilgan (“Tinchliksevarlar qo’shig’i”, “miting” va boshqalar). “Eron na’rasi” (1950), “Koreya xalqiga” (1952) she’rlarida esa Sharq xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashga da’vat etiladi. A. S. Pushkin, A. S. Griboedov, V. V. Mayakovskiy, U. Shekspir, Karpo Vega va boshqa yozuvchilarning asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Lohutiy bir necha yil Toshkentda yashadi. Uzbekistonga bag’ishlangan bir turkum she’rlar yaratdi (“O’rta Osiyo”, 1934; “O’zbekiston”, 1939; “O’zbek onasining topshirig’i”, “do’st keldi”, 1941 va boshqalar). Asarlari o’zbek tilida nashr etilgan (Devon, 8 • 1 1958; “tanlangan asarlar”, 1968).