Lantan

Lantan (Yunoncha lanthano — bekinaman; lotincha Lanthanum), La — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 57, atom molekulasi 138,9055; Nodir yer elementlaridan. Tabiiy Lantan ikkita izotopdan tashkil topgan: 139La (99,911%) va radioaktiv 138La (0,089%, T1/22-10″ i.). Atom radiusi 0,187 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsida son keltirilgan) La3+O,117 nm (6), 0,124 nm (7), 0,130 nm (8), 0,136 nm (9), 0,141 nm (10), 0,150 nm (12). Yer po’stidagi miqdori massasi jihatdan 2,9-10~3%, dengiz suvida 2,9’10~6 mg/l. Boshqa nodir yer elementlari bilan birga monasit, bastnezit, loparit va apatit tarkibida uchraydi va ulardan ajratib olinadi. Shved olimi Brinell bo’yicha qattiqligi 363 MPa, mexanik ishlovga oson beriladi, sof holdagi Lantandan yupqa tunuka tayyorlash mumkin. Lantanning birikmalari optik shishalar, keramik materiallar, lyuminoforlar, yuqori temperaturali o’ta o’tkazgichlar tayyorlashda qo’llaniladi. Lantanni shved kimyogari K. Mosander 1839 yilda lantan “eri” — La2O3 ko’rinishida kashf etgan.