Lenard (Lenard) Filipp Eduard Anton
Lenard (Lenard) Filipp Eduard Anton (1862.7.6, Presburg, hozirgi Bratislava — 1947.20.5, Messelxauzen) — nemis fizigi. Katod nurlarini va ularning xossalarini o’rgangan. Ultrabinafsha nurlanish xossalarini, fotoeffekt hodisasini, fotoelektronlar tezligi faqat yorug’lik chastotasi p ga bog’likligini tajribada ko’rsatib berdi, fosforessentsiya mexanizmini va metallar xossalarini, suvning balandlikdan tushishda elektrlanishini va shu’laning elektr o’tkazuvchanligini tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1905).