Lepidomelan
Lepidomelan (Yunoncha lepis — tangacha va rnelas — kora) — slyudalar guruhiga mansub mineral. Biotitning temirga boy turi. Kimyoviy formulasi taxminan K(Fe, Mg)3[AlSi3Ol0] (OH)2. Monoklin singoniyali, kristallari varaqasimon va yupqa plastinkachalarga oson ajraladi. Rangi qora, qattiqligi 3. Zichligi 3000-3200 kg/m3, mo’rt. Tarkibida magniy kam, temir ko’p bo’lgan magmatik tog’ jinslarida biotit bilan ba’zan ishqorli granit va nefelinli sienit larda egirin va ishqorli rogovaya obmanka bilan birga uchraydi. Lepidomelanning yirik kristallari Kanada, AQSh (Alyaska), Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim oroli, Janubiy Ural)da topilgan. O’zbekistonda Lepidomelan Quljuqtovda bor.