Lixovich-Shamsheva Yevgeniya Mixaylovna

Lixovich-Shamsheva Yevgeniya Mixaylovna (1887.20.1 — Toshkent — 1979.22.12) — aktrisa va opera xonandasi. O’zbekiston xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasida o’qigan (1906). Ijodiy faoliyatini 1906 yildan Toshkentda dramatik aktrisa sifatida havaskorlik to’garaklarida boshlagan. 1918-1923 yillarda Toshkentdagi rus opera teatrida Natasha (A. Dargomijskiy, “suv parisi”), Liza, Tatyana (P. Chaykovskiy, “qarg’a motkasi”, “Evgeniy Onegin”), Margarita (Sh. Guno, “Faust”) kabi partiyalarni ijro etgan. 1923-39 yillarda Rossiyaning turli shahar operetta teatrlarida ishlagan. 1941-51 yillarda Toshkentdagi harbiylar teatrida Murzaveskaya, Shablova (A. Ostrovskiy, “bo’rilar va qo’ylar”, “Kechikkan sevgi”), Mariya Nikolaevna (K. Simonov, “Rus kishilari”) singari rollarni yaratgan.