Lisyanskiy Yuriy Fyodorovich
Lisyanskiy Yuriy Fyodorovich (1773.2.8, Nejin – 1837.22.2, Peterburg) — rus dengizchi sayyohi, 1-rang kapitani (1809). 1803-06 yillarda “Nadejda” va “Neva” kemalarida uyushtirilgan dunyo aylana birinchi rus ekspedisiyasida “Neva” kemasiga boshchilik qilgan (ekspeditsiya rahbari va “Nadejda” kemasining komandiri I. F. Kruzenshtern edi). 1803 yil avgustda kemalar Kronshtadtdan chiqib Gavayi orollarigacha birga suzdilar. U yerdan “Nadejda” Kamchatkaga, “Neva” esa Alyaska tomon yo’l oldi. Alyaskada bir yildan ko’proq turib, tadqiqot ishlari olib bordi. Qaytishda kemalar Kantonda uchrashib, so’ngra Janubiy Afrika tomon birga suzdilar. 1806 yilda ekspeditsiya Kronshtadtga qaytib keldi. Ekspeditsiya tinch okeanning kam o’rganilgan r-nlarini tadqiq qildi, gidrografik kuzatishlar olib bordi, etnografik materiallar to’pladi. L. Boltik, flotida o’z xizmatini davom ettirib, 1809 yilda iste’foga chiqdi. Gavayi orollaridan biri, Oxota dengizining shimoldagi yarim Orol, Saxalin orolidagi tog’ Lisyanskiy nomi bilan atalgan. As: Puteshestvie Vokrug Sveta na korable “Neva” v 1803-1806 godax, M., 1947. Ad:. Nevskiy V.V., Pervoe puteshestvie rossiyan Vokrug Sveta, M., 1951; Shteynburg E.L., Slavnie morexodi Ivan Kruzenshtern i Yuriy Lisyanskiy, M., 1954.