Listvenitlanish
Listvenitlanish – aksariyat o’ta asosli va qisman boshqa tog’ jinslarining gidrotermal elementlar ta’siridan o’zgarishi. Natijada talk-karbonatli listvenitlashgan jinslar va listvenitlar hosil bo’ladi. Jinslarda listvenitlarning bo’lishi u yerda oltin, kobalt, mis, simob kabi rudalar koni borligidan darak beradi. O’zbekistondagi ba’zi oltin konlarida Listvenitlanish jarayoni keng rivojlangan. Janubiy Farg’onadagi simob konlari listvenitlar bilan bog’liq.