Lixenologiya

Lixenologiya (Yunoncha Ieichenli- shaynik va … logiya), lishaynikshunoslik — lishayniklar to’g’risidagi fan, botanikaning bir bo’limi. Lishayniklar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Teofrast (miloddan avvalgi 4-3-asrlar) asarlarida uchraydi. 18-asr oxirigacha lixenologik ishlar, asosan, floristik tarzda bo’lgan. Shved botanigi E. Axarius (1757-1819) Lixenologiyaga asos solgan. 19-asrning 20-yillarida nemis botaniklari G. Meyer va F. Valtrotning lishayniklarning anatomic tuzilishi, oziqlanishi va ko’payishi to’g’risidagi ishlari e’lon qilindi. Nemis botanigi S. Shvendener 1867— 69 yillarda lishaynik — zamburug’va suvo’tlardan iborat murakkab organism ekanligini isbotladi. O’zbekistonda lishayniklarning bir nechta turi uchraydi. Lekin ular hali yaxshi o’rganilgan emas.