Leykopeniya

Leykopeniya (leyko… va Yunoncha penia — etishmaslik), leykositopeniya — periferik qonda leykositlar sonining kamayishi (1 mm3 qonda 4000 dan kam bo’lishi). Leykositlar soni yoki ular shakllarining bir-biriga bo’lgan nisbati o’zgarishi organizmning umumiy holatiga bog’liq. Chunki leykositlar sonining kamayishi (yoki ko’payishi) sog’lom kishilarda ham uchraydi. Masalan, issiq vanna qabul qilgan yoki hammomdan chiqqan odamda, sportsmenlarda yoki muntazam og’ir mehnat bilan shug’ullanuvchi shaxslarda (adashgan nerv tonusi oshib, parasimpatik nervniki pasayganda va boshqalar) qisqa muddatli Leykopeniya kuzatiladi. Lekin ba’zi kasalliklar (ich terlama, brusellyoz, gripp, bezgak)al kon yaratuvchi organlar faoliyatining susayishi natijasida patologik Leykopeniya ro’y beradi. Amidopirin, butadion, sulfanilamid preparatlar kabi dorilar me’yori bilan qabul qilinmaganda ham Leykopeniya kuzatilishi mumkin. Leykopeniyaga sabab bo’lgan zararli omillar bartaraf etilsa, leykositlar soni yana normallashadi.