Leytenant
Leytenant (Fransuzcha lieutenant) — ko’pgina mamlakatlarda kichik ofitserlarning harbiy unvoni. Frantsiyada 15-asrda paydo bo’lgan; boshlig’i vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan ofitserni Leytenant deb atashgan. 17-asrning 2-yarmidan Frantsiya va boshqa Yevropa davlatlari armiya va flotidagi mansab. Leytenant mansabi Rossiya flotida 18-asrning boshidan mavjud bo’lgan. Sobiq Ittifoq qurolli kuchlarida 1935 yilda Leytenant va katta Leytenant, 1937 yilda kichik Leytenant unvoni joriy qilingan. O’zbekistan Qurolli Kuchlarida Leytenant, kichik Leytenant va katta Leytenant unvonlari mavjud. Adliya, bojxona, avtomobil nazorati, ichki ishlar, favqulodda hodisalar vazirligi va boshqalarda ham bu unvon bor.