Leyshmaniyalar

Leyshmaniyalar (Leishmania) — Kinetoplastidlar turkumiga mansub xivchinlilar urug’i. Uzunligi 2-4 mkm. Ayrim sut emizuvchilar (odam, itlar), sudralib yuruvchilar hujayralarining ichki paraziti. Teri va ichki organlar hujayralarini jarohatlab “yomon yara” (teri leyshmaniozi) va “kalaazar” (vistseral leyshmanioz) deb ataladigan kasalliklarni paydo qiladi. Qon so’ruvchi iskaptoparlar orqali tarqaladi. Odam hujayrasida parazitlik qiladigan davrida (leyshmanial davri) xivchini bo’lmaydi, iskaptopar organizmida xivchini qaytadan tiklanadi (leptomonad davri). Odamda 3 turi: teri leyshmaniozini paydo qiladigan tropik Leyshmaniyalar (L.tropika), teri shilimshig’ini paydo qiladigan Braziliya leyshmaniyasi (L.brasilien sis), visseral (ichki) leyshmaniozni paydo qiladigan Donovan Leyshmaniyalar i. (L.donovani) parazitlik qiladi. Tabiatda Leyshmaniyalar tarqalishining asosiy manbai yumronqoziqlar hisoblanadi. O’zbekistonning ayrim Janubiy hududlarida tropik Leyshmaniyalar “yomon yara” paydo qiladi.