Libretto

Libretto (italyancha libretto — kitob- cha) — musiqiy-dramatik asar (opera, operetta, musiqali drama va komediya) ning so’z matni, balet spektaklining adabiy stsenariysh, shuningdek, mazkur asarlar mazmunining qisqacha bayoni. 17- asrdan teatr tomoshabinlari uchun kitobchalar tarzida chop etilgan (nomi shundan). Libretto mualliflari kompozitorlar bilan hamkorlikda ijod qiladi. 19-asrdan boshlab ba’zi kompozitorlar o’z sahna asarlari uchun Libretto matnini qam o’zlari yaratishgan (G. Berlioz, R. Vagner, M. Musorgskiy, S. Prokofev, K. Orf va boshqalar). Libretto mavzulari asosini, ko’pincha, xalq afsona, doston va ertaklari (“Tohir va Zuhra”, “Yoriltosh”, “Malikai ayyor” operalari), mumtoz adabiyot (“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” operalari) va drama asarlari tashkil etadi (masalan, Hamza asari asosida yaratilgan “Maysaraning ishi” operasi). Librettoni yaratish jarayonida adabiy asarlar musiqiy janrlar xususiyatlariga moslashtirib qisqartiriladi, ba’zida tubdan o’zgartiriladi (masalan, “Qarg’a motkasi” A. Pushkin hikoyasi va P. Chaykovskiy operasi). O’zbekistonda Libretto yaratish sohasida K. Yashin, S. Abdulla, H. G’ulom va boshqalar tanilgan.