Likyor
Likyor (Fransuzcha liqueur, lotincha Liquor — suyuqlik) — kuchli spirtli ichimlik. Tarkibida 20% dan 35% gacha qand, 45% gacha (hajmiga nisbatan) spirt bo’ladi. Dastlab, Gollandiyada paydo bo’lgan. Qadimgi xushbo’y Likyor tayyorlash retseptlarini turli mamlakatlarda monaxlar va aptekarlar turli shifobaxsh o’tlar, ildizlar, o’simlik gullari va mevalaridan tayyorlashgan. Uni tayyorlash usullari sir saqlangan. Kuchli desert va kremli Likyorlar bor. Likyor tayyorlash uchun tarkibida qandi ko’p (24-26%) bo’lgan uzum navlari ishlatiladi, qandi kam bo’lganiga esa kontsentrlangan uzum sharbati qo’shiladi. Likyor mevalarning spirtlangan sharbatidan, xushbo’y o’tlar, ildizlar, urug’lar, barglar, gullar, tsitrus mevalarining po’stloqlari, dukkaklar (kofe, kakao), dorivorlar (dolchin va boshqalar), efir moylarining spirtdagi eritmalari va boshqalardan ham tayyorlanadi.