Le Korbyuze
Le Korbyuze (Le Corbusier — taxallusi, ismi Sharl Eduar Jannere, Jeanneret (1887.6.10, La Shodefon, Shveytsariya — 1965.27.8, Rokbryun — Kap-Marten, var) — frantsuz me’mori, san’at va me’morlik nazariyotchisi, rassom, dizayner. Me’morlikdagi naturalizm va rasionalizm oqimi asoschilaridan. 1918 yil purizm nazariyasini ishlab chiqqan. Shaharsozlikda o’ziga xos uslubda “Nurafshon shahar” g’oyasi (1930) va “modulor” tizimi (1942-48)ni yaratgan. Le Korbyuze loyihalari asosida jahonning ko’pgina mamlakatlari (Frantsiya, Yaponiya, Rossiya, Hindiston va boshqalar)da turli binolar qurilgan. Me’morlikka oid 30 dan ortiq kitob muallifi. BMT binosi (1946— 47, Nyu-York), To’qimachilar saroyi va shahar muzeyi (1954-56, Axmadobod), Chandigarx shahri (Hindiston) bosh loyihasini va undagi binolar (1956— 57)ni yaratdi. Binolarni tekis tom bilan qoplash, oynalarini ingichka (lentasimon) qilib o’rnatish, binoning pastki qavatida ochiq tayanchlardan foydalanish, erkin loyiha qo’llash (Marselodagi turar joylar, 1947-52) Le Korbyuze yaratgan loyihalaridan bo’lib, binoning plastik jihatdan muhit erkinligi va egiluvchanligiga intildi.