Lindgren (Lindgren) Astrid Anna Emiliya

Lindgren (Lindgren) Astrid Anna Emiliya (1907.14.11, Vimmerbyu) — shved yozuvchisi. Lindgrenning birinchi kitoblari — “Britt-Mari yurakka taskinlik baxsh etadi” (1944) va “Peppi — uzun Paypoq” (1945-52). Shvetsiya bolalar adabiyotidagi didaktik sentimental an’analarni o’zgartirdi. Bolalar uchun atalgan “Mio, mening Miom!”(1954), “Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson” (1955), “tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi” (1962), “tomda yashaydigan Karlson yana paydo bo’ldi” (1968) kabi kitoblari bor. “Mashxur izquvar Kalle Blyumkvist” (1946), “Daydi Rasmus” (1956) kitoblarida bolalar qarovsizligi bilan bog’liq muammolarni ko’targan. Lindgrenning “Lyonneberglik Emil” (1963-72), “qaroqchining qizi Ronya” (1981) kitoblari ham mashxur. Lindgren insonparvarlik ruhidagi ijodi uchun X.K. Andersen nomidagi xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (1958). Nobel mukofoti laureati (1994).