Liman
Liman (Yunoncha limen — gavan, qo’ltiqcha) — 1) qirg’oqlari uncha baland bo’lmagan, lekin ko’pincha tik qirg’oqli, cho’ziq qo’ltiq. Liman dengiz sohilining pasayib, tekisliklardagi daryo vodiylari va jarliklarning suv bosishidan hosil bo’ladi. Ko’pincha daryo quyilish joyining davomidan iborat. Liman maydoni bir necha m2 dan o’nlab km2 ga chiqish joyi dengizga tutash yoki sayozlik bilan ajralgan bo’ladi. Dunayning quyilish joyidagi Liman Girla deb ataladi. Azov va qora dengizlarining shimoliy sohillarida Liman ko’p. Bu yerlarda Hojibey, Dnepropetrovsk, Kuyalnik kabi katta Limanlar bor. Ko’pincha, Limanda mayda qum, alevrit va gil, shuningdek, organik moddalar to’planib, yonuvchi slanes, ko’mir, neft konlari va boksit yotqiziqlari hosil bo’lishi mumkin. Quruq iqlimli joylarda va materikdan chuchuk suv kam kelganda Liman suvida tuzlar yoki tuzli loyqa cho’kib, shifobaxsh balchiq paydo bo’ladi; 2) Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining qurg’oqchil Janubiy-Sharqiy rayonlaridagi sayoz ko’lmaklar. Bahorda Limanga qor-muz suvlari to’lib, muvaqqat ko’llar hosil bo’ladi, yozda esa qurib qoladi. Bunday Limanlardan o’tloq va haydab ekin ekiladigan yer sifatida foydalaniladi.