Lipkin Semyon Izrailovich
Lipkin Semyon Izrailovich [1911.6(19).9, Odessa] — rus shoiri, tarjimon. Qalmog’iston xalq shoiri (1968). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). 2-jahon urushi qatnashchisi. Ijodi 1920-yillarda boshlangan. Dastlab she’rlar yozgan. 1934 yildan, asosan, tarjima bilan shug’ullangan. U qalmoq xalq eposi “Jangar” (1940), qirg’iz eposlari “Manas” (1941), “Rahmdil Manas” (1947), Kabardin xalq eposi “nartlar” (1951), hind xalq eposi “Mahabharata” (1969), Navoiyning “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Haydar Xorazmiyning “gul va Navro’z” dostonlarini, shuningdek, Oybek, G’. G’ulom, H. Olimjon, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya kabi o’zbek adabiyoti namoyandalarining ba’zi asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. “Kabardin epik poeziyasi” (1956), “olti asr ovozi” (1960), “Oltin zanjir. Sharq poemalari” kabi to’plamlar Lipkin tarjimasida nashr etilgan. (1967), “Bahodir Shovshurning sar-guzashtlari” (1947), “Zulmat shahri malikasi” (1961) kabi qissalar, “sho-hid” she’rlar to’plami (1967) va bir qancha ocherklar muallifi.