Obraztsov Sergey Vladimirovich

Obraztsov Sergey Vladimirovich [1901.22.6(5.7) – Moskva -1992] -qo’g’irchoq teatri aktyori va rejissyor. 1920 yildan estradada parodiyachi aktyor (qo’g’irchoqlar bilan) bo’lib ishlagan. 1931 yildan Moskva markaziy qo’g’irchoq teatrini boshqargan, teatr nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqqan, aktyor va rejissyorlar tayyorlagan, repertuarini boyitgan. “Alovuddin chirog’i”, “Antiqa kontsert”, “Mister Tvister”, “Markaziy qo’g’irchoq teatri gapiradi va ko’rsatadi”, “Sho’rtan baliq amri bilan” kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda ham stsenariychi, ham rejissyor sifatida “Kinokamera ayblaydi”, “aklga sig’mas haqiqat”, “kichik do’stlarimiz”, “kimga ham kerak, bu Vaska” singari filmlarni ekranga chiqardi. Obraztsov o’z teatri bilan 1971 yil O’zbekistonda gastrolda bo’lgan.