Obrlig’

Obrlig’ (Arbilax) — Shoq davlatiga qarashli o’rta asr shahri. Toshkent viloyatining obliq stansiyasi yaqinida. Yu. F. Buryakov tomonidan tekshirilgan (1962). Maydoni 80 gektar bo’lib, 8-10-asrlarda barpo etilgan. Obrlig’ Iloqning boshqa shaharlariga o’xshamaydi: Ark Shahristondan ajralmagan; hunarmandchilik rabodlari qishloq yerlari bilan tutashib ketgan. Shahar iqtisodiy hayotining yuksalishi 9— 10-asrlarda kon ishlari, ayniqsa, unga yaqin bo’lgan oltin va kumush konlaridan keng foydalanishga bog’liqdir. Lekin, ma’dan qazib olish 11-asrdan tushkunlikka uchraydi. 13-asr boshlarida shahar vayronaga aylangan. 14-asr oxiri —15-asrda shaharning g’arbiy qismida hayot jonlangan, keyinchalik shahar hozirgi Obliq qishlog’i tomon kengaygan.