Oksalatlar
Oksalatlar (Yunoncha oxalis — shovul) — shovul kislota NOOS—soon tuzlari. Nordon Oksalatlar (masalan, NOOS—COOK) va o’rta Oksalatlar (masalan, NaOOC—COONa) mavjud. Oksalatlar tabiatda keng tarqalgan. Kaltsiy Oksalat sa(soo)2 barcha o’simliklarning hujayra va to’qimalarida bo’ladi. Odam va hayvon siydigida ham oz mikdorda kaltsiy oksalat minerallar holida uchraydi. Oksalatlar — kristallar; qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanadi; suvda oz eriydi (ishqoriy metallarning o’rta Oksalatlari bundan mustasno). Oksalatlar analitik kimyoda (ammoniy Oksalatlari), fotografiyada, bo’yoqchilikda ishlatiladi.