Oytosh

Oytosh — dala shpatlari guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K2OAl2O3- 6SiO2. Qattikligi 6, zichligi 2,6 g/sm1. Ko’pincha yarim shaffof (oydek tovlanadi — nomi shundan) Ko’kimtir Oytosh uchraydi. Kristallari prizmatik, tabletkasimon donador agregatlardan iborat. Oytosh kvars slyuda, nodir minerallar (topaz, turmalin) bilan birga (pegmatit yoki Alp tipli tomirlarida) uchraydi. Shri Lanka, Rossiya Federatsiyasi (Kareliya, Ural tog’lari o’rta qismi)da Oytoshning sifat turlari bor. Oytosh qimmatbaho va bezak buyumlar yasashda ishlatiladi.