Ozokerit bilan davolash

Ozokerit bilan davolash – ozokerippsh davo maqsadida ishlatish. Eritilgan shifobaxsh ozokerit issiqlikni uzoq vaqt saqlab turadi va uni asta-sekin badanga o’tkazadi. U og’riq qoldirish va so’rib olish xususiyatiga ega; moddalar almashinuvi, kon aylanishi, to’qimalar oziqlanishini kuchaytiradi. Ozokerit bilan davolash surunkali kasalliklarda, bo’g’im, muskullar shikastlanganda, nerv sistemasi kasalliklari (radikulit, nevrit, ishias, nevralgiya)da, ovqat hazm hilish sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, kolit, gastrit)da, erkak va ayollar jinsiy a’zolari yallig’langanda, quloq, burun, tomoq kasalliklarida qo’llanadi.