Oglaxti

Oglaxti — Toshtiq madaniyatiga mansub qabriston (miloddan avvalgi 1-asr -milodiy 1-asr). Yenisey daryosi bo’yidagi Oglaxti tori etagida joylashgan. 1903 yil A. V. Adrianov, 1969-70 yillarda L. R. Kizlasov tomonidan o’rganilgan. Qabrlar ustidagi beresta ustunlar, mo’yna, ipak va jundan tikilgan kiyimlar, qalpoqlar, oyoq kiyimlari va boshqalar yaxshi saqlanib qolgan. Qabrlarga gips bo’yoqli maskalar (niqoblar) kiydirib mumiyolangan mayyitlar ko’milgan. Mayyitlar yoniga idish-tovoq, shuningdek, kichik hajmdagi shamshirlar, xanjarlar, sadoqlar, o’q-yoylar, jez qozonchalar va boshqalar qo’yilgan.