Ogayo
Ogayo — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmog’i. Uzunligi 1580 kilometr, havzasining maydoni 528,1 ming km2. Appalachi tog’laridan boshlanib, appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoqlari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). O’rtacha suv sarfi 8000 m3/sek. Qor va yomg’irdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida to’lib oqadi, avgust— sentabrda sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema qatnaydi (Luisvill shahri yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. Ogayo sohilida Pitsburg, Tsintsinnati, Luisvill shaharlari joylashgan.