Og’iz suti

Og’iz suti — homiladorlikning so’nggi haftalarida va tuqqandan keyingi dastlabki 2-3 kunda sut bezlarida ishlanib chiqadigan sut. Og’iz suti oddiy (yetilgan) sutdan yuksak darajada to’yimliligi va yengil hazm bo’lishi, yog’, oqsil, tuzlari ko’pligi va qandi kamligi bilan farq qiladi. Og’iz sutidagi yog va tuzlar tarkibi yangi tug’ilgan bola organizmidagi yog’ va tuzlar tarkibiga o’xshaydi. Og’iz suti vitaminlarga boy, unda antitelolar ham ko’p. Bola yangi hayot sharoitiga moslashgan sari Og’iz sutining tarkibi oddiy sutnikiga o’xshab boradi.