Oqim
Oqim — 1) suv va havo massasining muayyan yo’nalishda harakatlanishi, ko’chishi. Yer yuzasining nishabi, bosim, bir tomonga qarab esuvchi shamollar, suv temperaturasi hamda sho’rligidagi tafovut va boshqa omillar Oqimga sabab bo’lishi mumkin. Dengiz, Daryo, bo’g’oz, yer osti suvi va boshqa Oqimlar bo’ladi; 2) fizikada — nurlanish oqimi, nurlanish quvvati — berilgan sirtdan vaqt birligi ichida o’tayotgan to’liq energiya miqdori; magnit oqimi, magnit induktsiya oqimi — biror sirtdan o’tayotgan magnit induktsiya vektori oqimi.