Oqko’l
Oqko’l — kechpishar qovun navi. Haqli cho’ziq ellipsimon, uzunligi 35-40 santimetr, vazni 3-6 kilogramm. Dum tomoni sal burishgan, uch tomoni tekis. Butun usti o’rtacha, uch tomoni siyrak to’r bilan qoplangan. Po’sti qattiq, eti och yashil, qalinligi 6-8 santimetr. Uzilgan paytda qattiq, Asralganda yetilib, g’oyat shirin bo’lib qoladi. Urug’lari yirik, sariq, qovun etidan qiyin ajraladi. Urug’dan unib chiqqach, hosili 95-105 kunda pishadi. Gektaridan 220-250 ts hosil olinadi. Aprelgacha yaxshi saqlanadi. Asosan, Farg’ona viloyatida yetishtiriladi.